24 sen 17:29
Yangiliklar
Engil atletika, Aichi-Nagoya-2026
SHarifa Davronova faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etib, ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi
Yaponiyada davom etayotgan XX yozgi Osiyo o'yinlari doirasida O'zbekiston delegaciyasi navbatdagi oltin medalga ega chiqdi.
Musobaqada o'zbekistonlik engil atletikachi SHarifa Davronova uch xatlab sakrash dasturida 14.35 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun keldi. Bu SHarifaning butun faoliyatidagi eng yaxshi natija bo'ldi. U o'zining avvalgi eng yaxshi natijasini qariyb 26 smga yaxshiladi.
SHu tariqa, Davronova o'z karerasida ikkinchi marta Osiyo o'yinlarining oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar