16 noy 17:49
Yangiliklar
Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
U ijtimoiy tarmoqlarda tasirli xayrlashuv maktubini yozib qoldirdi.
"16 yil. SHu 16 yil davomida men milliy terma jamoaga bor kuchimni berdim… Menimcha, barcha mumkin bo'lgan his-tuyg'ularni boshdan kechirdim… Ajoyib jamoadoshlar bilan birga o'ynash nasib etdi, ulardan doimo minnatdor bo'laman. Barchaga rahmat aytmoqchiman…
SHuningdek, meni olg'a undagan va menga ishonib, jamoaga foyda keltirishimga imkon bergan barcha murabbiylarga ham tashakkur bildiraman… Bu go'zal yo'l bo'ldi va men uning har bir lahzasidan zavqlandim.
Jamoamizni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun belgiyalik muxlislarga rahmat… To'rtta Jahon chempionati va uchta Evropa chempionatida o'z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman…
Bu lahzalarni hech qachon unutmayman. Terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim — ko'nglim xotirjam. Bu ajoyib bo'ldi. Bu zo'r bo'ldi. Minnatdorman. Rahmat", – deb yozdi Lukaku ijtimoiy tarmoqlarda.
Fikrlar