16 okt 17:19
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoydagi turnirining 1/2 finalida o'ynaydi
Xitoyning Cyandaoxu shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha ITF tasnifiga kiruvchi M25 toifasidagi turnirda 1/4 final uchrashuvlari o'tkazildi.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin muvaffaqiyatli odimlamoqda. Turnirda uchinchi raqam ostida saralangan hamyurtimiz chorak finalda yaponiyalik Yusuke Takaxashini 6/4, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, ATP reytingida 294, Yusuke esa 727-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1. O'tgan yili Xitoyning boshqa shahrida o'tgan turnirda Takaxashining qo'li baland kelgan edi. Ertaga Sergey final chiptasi uchun reytingning 869-pog'onasida borayotgan belaruslik Martin Borisyukka qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar