06 okt 08:09
Yangiliklar
Olimpiadada qatnashgan shaxmatchilar Vatanga qaytishlari bilan qamoqqa olindi
Gap afg'onistonlik shaxmatchilar haqida ketmoqda. Terma jamoa azolaridan uch nafari Afg'oniston chegarasida qo'lga olindi, chunki mamlakatda shaxmat o'ynash rasman taqiqlangan.
Malumot uchun, 2025 yilning may oyida Afg'oniston hukumati diniy sabablarga ko'ra shaxmat o'ynashni taqiqlagan edi. Ayni damda terma jamoaning uch nafar azosi Qobulda uy qamog'ida saqlanmoqda va ularning taqdiri hali ham nomalum.
"Ular pasportlarimizni musodara qilib, uch nafarimizni alohida xonalarga qamab qo'yishdi", — deya qisqa izoh berishga ulgurgan hibsga olinganlardan biri EL PAIS nashriga.
Jamoaning to'rtinchi ishtirokchisi esa chegaradan hech qanday muammosiz o'tishga muvaffaq bo'lgan yagona shaxs bo'ldi. FIDE`ning yangi saylangan prezidenti Timur Turlov vaziyatni ijobiy hal etish ustida ishlayotganini malum qildi.

Fikrlar