06 okt 11:43
Yangiliklar
"Tarixiy natija uchun mukofot yo'q" - qozog'istonlik shaxmatchi norozilik bildirdi
Samarqandda o'tkazilgan Olimpiadada Qozog'iston ayollar terma jamoasi birorta ham uchrashuvda mag'lub bo'lmay, 18 ochko bilan 2-o'rinni egallagan. Biroq musobaqa Qozog'istonda davlat mukofoti to'lanadigan turnirlar ro'yxatiga kiritilmagan.
Nurman Qozog'istonga qaytgach, Olmaota shahri Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlaridan bu haqda bilganini aytdi.
"Qozog'istonga qaytib kelganimizdan so'ng, Olmaota shahri Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari bu yutug'imiz uchun bizga davlat mukofoti to'lanmasligini aytishganida juda hayron qoldim. Buning ustiga, Olimpiadadagi natijamiz bizga har oy beriladigan davlat to'lovlarini olish huquqini ham bermas ekan. Sababi — Butunjahon SHaxmat Olimpiadasi natijalari bo'yicha mukofot puli to'lanadigan davlat musobaqalari ro'yxatiga kiritilmagan ekan", — dedi sportchi.

SHaxmatchi sport mutasaddilariga murojaat qilib, dunyoning etakchi mamlakatlari qatnashadigan va shaxmatchilar uchun asosiy jamoaviy musobaqalardan biri hisoblangan Olimpiada nima sababdan tegishli davlat ro'yxatiga kiritilmaganini so'radi.
"Va eng muhimi — bu vaziyatni qanday o'nglash hamda Butunjahon SHaxmat Olimpiadasini tegishli ro'yxatga kiritish mumkin?" — deydi Nurman.
46-Butunjahon SHaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tdi. Qozog'iston ayollar terma jamoasi 18 ochko bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi esa Olimpiadada chempion bo'ldi. Jamoa azolari prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. SHuningdek, ularga prezident sovg'asi sifatida Volkswagen avtomobili, kottej uylar va 200 ming dollardan pul mukofoti topshirildi.
Fikrlar