18 okt 08:44
Yangiliklar
Jalolov ringga chiqqan oqshomning asosiy jangi ikkinchi raundda to'xtatildi
Ushbu jang revansh maqomida edi. Besh oy oldin bo'lib o'tgan va Dyubua ikki marta nokdaun holatiga tushib, yakunda o'n birinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozongan birinchi jangdan farqli o'laroq, bu safar u raqibini o'zining zarba kuchi bilan boshidanoq taslim etdi.
Jang avvalida Dyubua hujumga o'tib, jeb zarbasini yo'lladi, so'ngra kuchli o'ng qo'l zarbasi bilan Uordlini nokdaun holatiga tushirdi. Uordli o'rnidan turib jangni davom ettirishga muvaffaq bo'ldi, ammo u hali ham o'ziga kelmagani yaqqol ko'rinib turardi. Raund oxirigacha Dyubua raqibini tinimsiz taqib qildi va so'nggi soniyalarda yana bir zarbalar seriyasi bilan jangni muddatidan oldin yakunlashiga bir bahya qoldi.
Ikkinchi raundda Uordli raqibining kuchli hujumidan so'ng burchakka qisilib qoldi va himoyalanishga majbur bo'ldi. SHunda uning murabbiylar shtabi 2:21 daqiqa o'tib borayotgan bir pallada bokschi salomatligini asrash maqsadida ringga sochiq otdi.
Uordli bilan bo'lgan qarama-qarshilikka nuqta qo'ygan Dyubua endilikda IBF yo'nalishi chempioni, xorvatiyalik Filip Xrgovich bilan birlashtiruvchi jang o'tkazishi mumkin. Xrgovich ringga chiqib, britaniyalik bokschi bilan face to face marosimini ham o'tkazdi.

Fikrlar