05 sen 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev navbatdagi jangini ham Britaniyada o'tkazadi. Jang sanasi malum (POSTER)
Havaskor boksda Parij-2024 Olimpiya o'yinlari g'olibi, o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 26 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi BP Pulse Live majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi.
Mo'ydinxo'jaevga kim raqiblik qilishi hozircha nomalum.
Bu 25 yashar Asadxo'ja uchun Quuensberry bilan hamkorlikdagi ikkinchi jang bo'ladi. U may oyida Yorkshir shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomida Aleksis Torresni mag'lubiyatga uchratgandi. Mo'ydinxo'jaevning prof rekordi 2 ta g'alabadan iborat.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar