10 sen 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol UFC "haydagan" Maykl Peyjga shartnoma taklif qilmoqda
Britaniyalik 39 yoshli MMA jangchisi Maykl Peyj o'z faoliyatini Jeyk Polga tegishli MVP promoushenida davom ettirishi mumkin.
"MVPni MVPga olib kelish vaqti keldi", — dedi bloger va promouter Jeyk Pol.
"Venom" laqabli Maykl Peyj 5 sentyabr kuni Parijda Nursulton Ro'ziboevni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Bu tajribali ingliz jangchisining UFC bilan tuzgan shartnomasi doirasidagi so'nggi jangi edi. Dana Uayt tashkilot Peyj bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor emasligini tasdiqladi. Maykl UFC reytingidan chiqarildi.
Eslatib o'tamiz, Polning MVP MMA kompaniyasi o'tgan yozda PFL promousheni bilan birlashgan edi.
Sobiq kikbokschi Maykl Peyj aralash yakkakurashlarda 26 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. UFC`da u faqat irlandiyalik Yen Machado Gerriga (2024 yilda) imkoniyatni boy bergan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar