08 avg 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao qachon keyingi jangini o'tkazishi malum bo'ldi
Sakkizta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 46 yoshli filippinlik Menni Pakyao shu yil yana bitta jang o'tkazmoqchi.
Bu haqda Source of Boxing nashri xabar berdi.
Manbaning malum qilishicha, Pakyao uchun ehtimoliy raqiblar qatoridan Rolli Romero, Mario Barrios bilan revansh yoki Jervonta Devis o'rin oladi.
Pakyao shu yil 19 iyul kuni WBC kamari sohibi Mario Barriosga qarshi 12 raundlik jang o'tkazib, durang qayd etgandi.
Havola :
Manba : Source of Boxing
Fikrlar