06 may 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer - Pakyao revanshi Las-Vegasda bo'lmasligi mumkin - ESPN
Sobiq jahon chempioni Menni Pakyao va amerikalik Floyd Meyvezer o'rtasidagi revansh jangi amalga oshmay qolish xavfi ostida.
Manba malumotiga ko'ra, jang 18 ming tomoshabinga mo'ljallangan «Sfera» arenasida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq ushbu sanalarda The Eagles guruhining koncert gastrollari bo'lib o'tishi sababli bu reja amalga oshmasligi mumkin.
Bundan tashqari, jang maqomi bo'yicha ham kelishmovchiliklar mavjud. Floyd Meyvezer (faoliyati davomida 50 ta g'alaba) ko'rgazmali jang o'tkazishni xohlayapti. Pakyao jamoasi esa jang rasmiy professional maqomda bo'lishini talab qilmoqda.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar