So’nggi yangiliklar

13:17Йен Мачадо Гэрри: "Махачевнинг рақиблари меникичалик хавфли бўлмаган" 0 12:45President's Cup. Сергей Фомин ғалаба билан бошлади 0 12:12Дана Уайт UFC жангчисининг фожиали вафоти ҳақида илк бор фикр билдирди 0 11:46Гвардиола Моуриньо ҳақидаги сериалда ягона шарти бажарилмагани учун суратга тушмади 0 11:08Grand Chess Tour: Синдаров Прагг билан ўйнади, 5 та партиядан фақат 1 тасида дуранг қайд этилди 0 10:39ACA Лигаси бутун ММА тарихида илк бор "аноним жанг" ўтказиши мумкин 0 10:13Сергей Ростовцев Словакиядаги турнирда 3 та медаль қўлга киритди 0 09:38ЕЧЛ. Раҳмоналиев ва "Сабаҳ" саралашнинг охирги босқичига йўл олди 0 09:16Дана Уайт Ислам Махачевни тарихдаги энг буюк жангчи деб атамади 0 08:47Ёш оғир атлетикачиларимиз кечаги кунни 4 та медал билан якунлашди 0 08:06Ислам Махачев: "Ҳеч ким Иэн Гэррини ёқтирмайди, шунинг учун мухлислар мен томонда бўлади" 0 21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0

22 may 11:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Meyvezer va Tayson o'rtasidagi ko'rgazmali jang qoldirildi

49 yoshli kichik Floyd Meyvezerni shu yilning kuzida ikkita jang kutmoqda.

Sentyabr oyida Menni Pakyao bilan bo'ladigan revansh bahsidan tashqari, uning Mayk Taysonga qarshi ko'rgazmali jangi ham kuzga qoldirildi. CSI Sports/FIGHT SPORTS kompaniyasi press-reliz elon qilib, 30 mayga rejalashtirilgan Meyvezer va Tayson jangi endi kuzga qoldirilganini hamda uning sanasi va joyi tez orada elon qilinishini malum qildi.

Jahon superyulduzlari Mayk Tayson va Floyd Meyvezer bu yil bahorda ko'rgazmali jang uchun shartnoma imzoladilar. Tayson mashg'ulotlarda olgan qo'l sinishidan to'liq tuzalib ketguncha biroz kutishga to'g'ri keladi. Gipsda bo'lgan Tayson tiklanmoqda va u 2026 yilning kuziga qoldirilgan jangini intiqlik bilan kutmoqda. Translyaciya sanasi, joyi va tafsilotlari tez orada elon qilinadi", - deyiladi press-relizda.

"CSI Sports/FIGHT SPORTS’ning Tayson va Meyvezer bilan tuzgan eksklyuziv shartnomalari kompaniyani yirik global sport tadbirlarining oldingi saflariga olib chiqadi hamda butun dunyo bo'ylab muxlislarga yirik shoular va tarixiy o'yinlarni taqdim etish istagini mustahkamlaydi".

27 iyun kuni Meyvezer Afinada grek kikbokschisi Mayk Zambidisga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazadi. Yaqinda Meyvezer va Pakyao sentyabr oyida Las-Vegasda o'tkazilishi rejalashtirilgan revansh bahsini o'tkazish bo'yicha oldingi kelishmovchiliklarni hal qilgan ko'rinadi. Biroq Tayson bilan jangning kuzga qoldirilishi filippinlik bilan jangga tasir qilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing