Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda. Xitoylik jangchi reytingda 8, amerikalik esa 10-o'rinni egallab turibdi. Aslida oqshomning markaziy jangi braziliyalik Renato Moykano hamda rossiyalik Arman Carukyan o'rtasida bo'lib o'tishi kerak edi. Bunga braziliyalikning Arman bilan jang qilishdan bosh tortgani sabab sifatida ko'rsatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, UFC Vegas 66 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Arman hamyurti Damir Ismagulovni ochkolar hisobiga (30-27, 30-27, 30-27) ko'ra mag'lub etgan edi.