So’nggi yangiliklar

00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0 15:46Олимпиада чемпиони Гейбл Стивсон ММАда дебют қилди 0

13 sen 10:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Arman Carukyan bir haftadan keyin jang qiladi, raqib malum + POSTER

Armanistonlik aralash yakkakurash ustasining raqibi sobiq UFC chempioni bo'ladi.

19 sentyabr kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida jiu-jitsu bo'yicha ACBJJ 18 turniri bo'lib o'tadi. Oqshom doirasida UFC jangchisi Arman Carukyan ham o'z jangini o'tkazadi. Armanistonlik aralash yakkakurash ustasining raqibi engil vaznda sobiq WEC va UFC chempioni amerikalik Benson Xenderson bo'ladi.

Turnir tashkilotchilari rasman ushbu jangni elon qilishdi. 41 yoshli Xenderson so'nggi jangini 2023 yilning mart oyida MMA yo'nalishida o'tkazgandi. O'shanda u rossiyalik Usman Nurmagomedovga San-Xoseda o'tgan Bellator 292 turnirida mag'lub bo'lgan edi. Usman tajribali raqibini birinchi raundning o'zida ortdan bo'g'ib qo'ygandi. O'sha yilning dekabrida Benson hamyurti Entoni Pettisga qarshi karate qoidalari asosidagi Karate Combat ligasida jang qildi. Trilogiyada "SHoutaym" Pettis hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. SHu yilning may oyida Xenderson va Pettis MMA bo'yicha GFL ligasida o'zaro jang o'tkazishlari kerak edi, ammo bu liga tug'ilmay "o'lgandi". Aniqrog'i, GFL bitta ham turnir o'tkazmay, boshlanmagan faoliyatini yakunlagan edi.  

Arman Carukyan esa shu yilning o'zida greppling bo'yicha ikkita jang o'tkazib ulgurdi. Dubayda o'tgan Karate Combat 54 turnirida rossiyalik Makkasharip Zaynukovni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. Moskvada o'tgan ADXC 10 turnirida esa braziliyalik Patriki Freyredan ustun keldi. Rossiya sharafini himoya qilayotgan 28 yoshli Arman 22 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga qaytadi. Oqshomning asosiy jangida aynan Carukyan Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing