13 sen 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Turki ash SHayx Kaneloning Krouford bilan jangda qancha pul olishini aytdi
Turki ash SHayxning malum qilishicha, super o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares AQSH vakili Terens Kroufordga qarshi jang uchun 100 million dollardan ortiq kafolatlangan gonorar oladi.
Jang 14 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) bo'lib o'tadi.
"Yo'q, siz Kaneloning gonorari haqida aytgan raqamingiz [$100 mln] noto'g'ri. Biz bilan Kanelo o'rtasidagi shartnoma summasi bundan ancha katta", - dedi Turki.
Avvalroq, Saul ushbu jang uchun 150 million dollar, Terens esa 50 million dollar kafolatlangan gonorar olishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar