13 sen 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik Kanelo - Krouford jangi uchun o'z taxminini aytdi
Super og'ir vaznda mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Krouford harakatlarda juda xilma-xil, u ikki tomonda ham ishlay oladi. Kanelo esa kuchli zarbachi. Krouford aqlli bokschi, agar nimadir ish bermasa, poziciyani o'zgartirishni biladi. U kichik va ikki qo'lda ishlay oladi — bu uning farqi. Menimcha, jang teng kurashda o'tadi va qaror katta ehtimol 12 raund yakunlariga ko'ra chiqadi", — dedi Usik.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar