13 sen 22:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Feruza Kazakova Jahon chempionatini bronza medali bilan yakunladi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvlarida -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Feruza Kazakova yarim finalda Turkiya vakilasi Busenao' CHakirogluga qarshi ringga chiqdi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda afsuski Feruza 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, Feruza bungacha Panama, Braziliya va Mo'g'uliston vakillarini musobaqadan chiqarib yuborib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar