14 may 09:57
Yangiliklar
"Astana Gran-prisi". Uljon Amrieva hisobida oltin! Terma jamoamiz musobaqani beshta medal bilan yakunladi
Turnirda dunyoning 24 ta mamlakatidan kelgan 140 nafar atletlar o'zaro bahs olib borishdi.
Gran-prining ikkinchi kungi bellashuvlarida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi. Uljon Amrieva o'z vazn toifasidagi barcha raqiblaridan ustun kelgan bo'lsa, Feruza Ergasheva hamda Mohinur Parmonova hisobimizga bronza medallarini taqdim etdi.
Ayollar (J1 klassi, 60 kg):
1. Uljon Amrieva (O'zbekiston)
2. Karolin Duarte (Braziliya)
3. Larissa Silva (Braziliya)
3. Merve Uslu Xejebipur (Turkiya).

Ayollar (J1 klassi, +70 kg):
1. Erika Zoaga (Braziliya)
2. Milena de Freytas (Braziliya)
3. Feruza Ergasheva (O'zbekiston)
3. Aktolkin Seilbekova (Qozog'iston).

Ayollar (J2 klassi, +70 kg):
1. Rebeka Silva (Braziliya)
2. Zarina Raifova (Qozog'iston)
3. Mohinur Parmonova (O'zbekiston)
3. Meg Emmerich (Braziliya).

SHu tariqa, vakillarimiz "Astana Gran-prisi"ni 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medal bilan umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinda yakunlashdi.
Fikrlar