13 sen 18:59
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatining ilk kuni 9 ta medal qo'lga kiritishdi
Bugun o'g'il bolalar o'rtasida -60, -66, 73 kg, qizlarda esa -48, -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlandi. Final dasturida tatamiga chiqqan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 11 dzyudochisidan 9 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi.
So'g'diyona Rafkatova, Samariddin Qo'chqorov va Dilshodbek Hamroev o'z vaznlarida Osiyo chempioni bo'lishdi.
Bugungi g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal sohiblari
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
Kumush medal sovrindorlari
-57 kg: Rayhona Mamatova
-63 kg: Nigina Saparboeva
-73 kg: Bunyod Safarov
Bronza medal sovrindorlari
-48 kg: Sevinch Murodova
-57 kg: Mohinur Allaberganova
-73 kg: Muhriddin Marufov
Fikrlar