22 okt 19:33
Yangiliklar
Xirn: "Dana Uayt va UFC Fyuri - Joshua jangini tashkil qilmaydi"
Avvalroq Uayt 11 dekabrga rejalashtirilgan britaniyalik bokschilar o'rtasidagi jangni targ'ib qilish bilan shug'ullanishi va Netflix uchun translyaciya prodyuseri bo'lishini aytgandi. Biroq Xirnning takidlashicha, amaldagi shartnoma bunga yo'l qo'ymaydi.
«Bizning shartnomamiz bo'yicha u bunday qila olmaydi. Vaziyat shunday. Sela kompaniyasi bizga Uayt va UFC translyaciyani tayyorlash bilan shug'ullanmasligini yozma ravishda tasdiqladi», — dedi Xirn.
Uning so'zlariga ko'ra, translyaciyani Fyurining Mahmudovga qarshi jangi ustida ham ishlagan Whisper kompaniyasi tayyorlaydi. Kompaniya Fyuri — Joshua jangini Netflix uchun translyaciya qilish bo'yicha shartnomaga ega.
«Agar ular translyaciyaga oid shartnoma shartlarini o'zgartirishni muhokama qilmoqchi bo'lsa, gaplashishga tayyorman. Bu qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rsatishsin. Lekin bu meni unchalik tashvishga solmaydi. Bu kurashda men allaqachon g'alaba qozondim», — deya Xirnning so'zlarini keltiradi iFL TV.
Fikrlar