19 okt 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Jahon chempionatida to'rt nafar bokschimizga muxlislik qilamiz
CHernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kungi janglariga etib keldik.
Bugun kun davomida O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisiga muxlislik qilamiz.
Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 17:00, kechki dastur esa 21:00 da start oladi. CHarm qo'lqop ustalarimizning bugungi ishtirokini SHodiyona Meliqo'zieva boshlab beradi. -54 kg vazndagi bokschimiz ikkinchi davra jangida xitoylik Sirui Yangga qarshi ringga ko'tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: SHodiyona Meliqo'zieva — Sirui Yang (Xitoy) A ring, 17:30
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov — Muhammad Monsef (Jazoir) A ring, 18:00
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov — Umar Ibakiev (Rossiya) B ring, 22:00
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev — Ramazan Amir (Qozog'iston) B ring, 23:00




Havola :
Fikrlar