13 sen 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev jangsiz finalga yo'l oldi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev yarim finalda Gruziya vakilli Lasha Guruliga qarshi ringga chiqishi lozim edi.
Ammo gruziyalik sportchida jarohat borligi sababli u yarim finalda ringga ko'tarila olmadi. SHu sababli, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev avtomatik tarzda finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Asadxo'ja bungacha Xitoy, Finlyandiya va Qozog'iston vakillarini musobaqadan chiqarib yuborib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar