11 sen 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Carukyan - Topuriya haqida: "Agar jang qilgisi kelmasa, kamarni bo'shatib qo'ysin"
UFC jangchisi Arman Carukyan chempion Iliya Topuriya haqida fikr bildirdi.
— Maxachev Topuriya uchun eng qiyin raqib sen ekanligingni aytgandi. U shuning uchun ham jangdan qochyaptimi?
— Ha, shunday. Hamma mendan qo'rqadi. Menga qarshi chiqqan raqiblarga xech qachon oson bo'lmagan. Agar jang qilgisi kelmasa, kamarni bo'shatib qo'ysin yoki boshqa vazn toifasiga o'tsin. U hozir boks haqida gapiryapti, go'yoki Alvares va Kroufordni bir zarbada nokaut qiladi. SHuning uchun boks bilan shug'ullansin, MMAni tinch qo'ysin. Biz esa o'zimiznikini olamiz", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar