13 sen 23:35
Yangiliklar
Boks/MMA

JCH-2025. Aziza Zokirova terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo'shib qo'ydi
Liverpulda boks bo'yicha World Boxing tashkilotining ilk jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqaning ayollar bahslarida -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova yarim final jangini Avstraliya vakilasi Lekeysha Pergolitiga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda afsuski Aziza 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu orqali Zokirova musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Aziza bungacha Vengriya va Germaniya vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar