13 sen 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Oq uyda o'tkaziladigan UFC turnirida ishtirok etishini tasdiqladi
Yarim engil va engil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 2026 yil iyun oyida Oq uy hududida bo'lib o'tadigan UFC turnirida oktagonga chiqishini aytdi.
"Bu aynan men kutgan oqshom bo'ladi. Qaytayotganimdan juda xursandman. Qo'limdan nima kelishini ko'rsatish uchun Oq uy yonidagi maysazordan ham yaxshiroq joy bo'lishi mumkinmi? Hozirning o'zida nihoyatda hayajondaman. Oxirigacha shunday bo'lib qolsin", - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi Championship Rounds.
Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Makgregorga Oq uydagi UFC turnirida jang o'tkazishga tayyormi yoki yo'qligi haqida javob bergandi. U Makgregorning turnirda ishtirok etishiga umid bildirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar