05 sen 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Arman Carukyan Qatardagi UFC turnirining markaziy jangida oktagonga chiqadi
Engil vazn toifasida UFC chempionligi uchun davogar aralash yakkakurash ustasi Arman Carukyanning navbatdagi jangi tafsilotlari tobora aniq bo'lib bormoqda.
Armanistonlik jangchi 22 noyabr kuni Qatar mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turniri doirasida Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga qarshi bahs olib boradi. Ushbu to'qnashuv turnirning markaziy jangi maqomida o'tadi.
Malumot o'rnida, Carukyan ayni paytda UFC reytingida 2, Xuker esa 6-o'rinni egallab turibdi. Tez orada bu jangning tasdiqlangani haqida rasmiy malumot beriladi.
Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar