So’nggi yangiliklar

16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0

15 okt 13:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Peddi Pimblett oktagonga qaytish muddatini malum qildi

Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi UFC rahbariyatidan jang berilishini kutmoqda.

Agar promoushen Peddi Pimblettga joriy yil oxirigacha bo'ladigan turnirlardan birida qatnashishga ruxsat bermasa, britaniyalik engil vazn vakilining oktagonga qaytishi 2027 yilning mart yoki aprel oylaridan erta bo'lmagan vaqtda sodir bo'ladi.

"Men hozircha nima bo'layotganini bilmayman. Kutish va kuzatishga to'g'ri keladi. SHunday bo'lib chiqishi mumkinki, mening divizionimdagi barcha jangchilar allaqachon band bo'lib qoladi. CHarlz Lopes bilan jang qilmoqda, Arman Jastin bilan jang qilmoqchi, Maks Xollouey esa Konor bilan trilogiyani yakunlash uchun uni kutadi.

SHunday chiqib qolmoqdaki, faqat Iliya Topuriya bo'sh qolmoqda va biz yaqin bir necha oy ichida nima bo'lishini ko'ramiz. Lekin men hech qachon yanvar oyida jang qilmayman, bu aniq. Agar yil oxirigacha jang o'tkazmasak, unda bu mart yoki aprel oylarida bo'ladi", – dedi Pimblett "All Out Fighting" kanaliga bergan intervyusida.

SHuningdek, britaniyalik jangchi o'z divizionida kim birinchi raqamli davogar ekanligi haqidagi savolga javob berdi.

"Bu mening hal qiladigan ishim emas, qaror UFC`da qoladi. Lekin Arman oltinchi yoki ettinchi raqamlilarni engib, bunga loyiqman deb hisoblaydi, men esa so'nggi jangimda beshinchi raqamni engdim. SHaxsan men bu Arman bo'lishi kerak deb o'ylamayman, lekin oxir-oqibat nima bo'lishini ko'ramiz", – deya tushuntirdi Pimblett.

Ayni paytda Peddi Pimblett UFC engil vazn toifasining meta-reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Arman Carukyan esa divizionning eng yaxshi jangchilari ro'yxatida undan uch pog'ona yuqorida bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing