13 sen 16:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Sabina Boboqulovaning qozog'istonlik raqibga qarshi jangi yakunlandi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida yarim final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada ayollar o'rtasidagi bahslarda -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sabina Boboqulova yarim finalda Qozog'iston vakilasi Nazim Kizibayga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda afsuski Sabina 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Bu orqali bokschimiz bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Sabina mazkur JCH doirasida Polsha va Italiya vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar