14 sen 00:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Navbatdagi g'alaba! Akmaljon Isroilov ham JCH finalchilari qatoriga qo'shildi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bellashuvlari yakunlanmoqda.
Musobaqada -85 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov yarim finalda Avstriya vakili Mixael Fares Deruichega qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Akmaljon Isroilov 5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Akmaljon bungacha Avstraliya va Ispaniya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga etib kelgandi.
Endi Akmaljon ertaga finalda Angliya vakili Tign Stottga qarshi jang olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar