13 sen 19:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Javohir Ummataliev Jahon chempionati finaliga chiqdi!
Liverpulda boks bo'yicha World Boxing tashkilotining ilk jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev yarim final jangini Xorvatiya vakili Gabriel Veochichga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va hamyurtimiz bahs davomida to'liq ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bokschimiz jang davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Malumot uchun, Javohir bungacha Janubiy Koreya va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar