Dunyoning 64-raketkasi bo'lib turgan Donna Vekich 1/8 final uchrashuvida turnir kashfiyotlaridan biri, WTA reytingida 82-pog'onada borayotgan chexiyalik Linda Fruxvirtovani 6/2, 1/6, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Vekich ham, Fruxvirtova ham 7 tadan eys zarbasini amalsha oshirishgan. Donna 5, Linda 11 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Xorvatiyalik tennis malikasi Australian Open 1/4 finalida belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.