Bosh sahifa
23 jan 14:18 Tennis

Australian Open. Plishkova xitoylik raqibini to'xtatdi

Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.

Sayyoramizning 31-raketkasi bo'lib turgan Karolina Plishkova chorak final ishtirokchisiga aylandi. CHexiyalik tennischi WTA reytingida 22-pog'onadan joy olgan xitoylik CHjan SHuaydan ustun keldi - 6/0, 6/4.

Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 8:0. Uch daqiqasi kam bir soat davom etgan bahsda Plishkova 12 ta eys, 4 ta qo'shxato va 5 ta breyk qayd etdi. 

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar