Bosh sahifa
23 jan 16:08 Tennis

Australian Open. Rublyov - Rune uchrashuvi g'olibi 5 setda aniqlandi

Melburn shahri mezbonligida o'tkazilayotgan Avstraliya Ochiq chempionatining navbatdagi kungi bahslari boshlandi.

Biroz avval erkaklar o'rtasidagi turnirda to'rtinchi davraning murosasiz uchrashuvi yakuniga etdi. Unda dunyoning oltinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyov ATP reytingida 10-pog'onada borayotgan daniyalik Xolgera Runeni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Uch soatu 39 daqiqa davom etgan besh setlik bahs yakunida Rublyov 6/3, 3/6, 6/3, 4/6, 7/6(9) hisoblarida g'alaba qozonib, keyingi davraga yo'l oldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. 

Andrey Rublyov 22, Xolger Rune esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 5 tadan breykka erishdi. Qo'shxatolar esa Runeda uch barobar ko'proq bo'ldi - 12 ga 4! Rossiyalik tennischining navbatdagi raqibi Novak Jokovich - Aleks De Minaur uchrashuvida aniqlanadi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar