Bosh sahifa
08 apr 15:45 Boks/MMA

Azizbek Abdug'afurov: Murodjon jangni oxirigacha olib bormaydi

Azizbek Abdug'afurov Murodjon Ahmadaliev va Isroil Madrimovning jangi uchun o'z taxminlarini aytdi.

Abdug'afurovning fikricha, har ikki bokschimiz jangni muddatidan oldin yakunlaydi:

«To'g'ri, Murodjon biroz muddat tanaffus qildi. Lekin kamar himoyasi uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rdi, ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatdik. Ahmadaliev raqibidan ancha ustun. Fikrimcha, KAKA jangni oxirigacha olib bormaydi - nokaut evaziga g'alaba qozonadi.

Isroilni raqibini kuchsiz deb bo'lmaydi. Ringga hamma boks tushgani chiqadi. Madrimov ham muddatidan avval jang taqdirini hal qiladi», - dedi Abdug'afurov. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar