13 sen 09:49
Yangiliklar
Futbol

Legionerlar: G'aniev to'liq o'ynadi, Hamrobekov esa...
Terma jamoamiz azolari o'zlari harakat qilayotgan chempionatlarning navbatdagi tur uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
Odiljon Hamrobekov “Traktor” jamoasi safida Eron Proligasi 3-turi doirasida maydonga tushdi.
“Alyuminium Arak”ga qarshi kechgan uchrashuvda “Traktor” 4:1 hisobida raqibidan ustun keldi. Odiljon Hamrobekov ushbu bahsda 79-daqiqada o'yinga qo'shildi.
SHuningdek, Aziz G'aniev “Al Bataeh” jamoasi safida BAA Proligasi 3-turi doirasida maydonga tushdi.
“Ajman”ga qarshi kechgan uchrashuvda “Al-Bataeh” 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Aziz G'aniev ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.
Havola :
Fikrlar