13 sen 10:52
Yangiliklar

Bugun Fazliddin jahon chempionligi, qolgan 5 bokschimiz final chiptasi uchun ringga chiqadi
Bugun jahon chempionati doirasida 6 nafar charm qo'lqop ustamizga muxlislik qilamiz. Fazliddin Erkinboev jahon chempionligi uchun bolgariyalik Rami Kivanga qarshi ringga ko'tariladi. Qolgan bokschilarimiz esa 1/2 final janglarini o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Erkinboev kecha sobiq bokschimiz, hozirda Ozarbayjon terma jamoasi nomidan musobaqalarda qatnashayotgan Saidjamshid Jafarovgni ochkolar hisobiga ko'ra 4:1 hisobida mag'lub etgandi.
Jahon chempionatining bugungi kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 16:00, kechki dastur esa soat 22:00da boshlanadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
1/2 final janglari:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazim Kizaybay (Qozog'iston) 16:00
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Lasha Guruli (Gruziya) 18:45
-80 kg: Javohir Ummataliev - Gabriel Veochich (Xorvatiya) 19:00
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz CHakiroglu (Turkiya) 22:00
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 23:00
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Michael Fares Derouiche (Avstriya) 23:45
Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Rami Kivan (Bolgariya) 00:45
Fikrlar