13 sen 13:19
Yangiliklar

Devis Kubogi: Gonkong - O'zbekiston bahsining birinchi kunidan keyin tenglik
Tennischilarimiz ushbu bosqichda Gonkong terma jamoasiga qarshi bahs olib borishyapti. Victoria Park Tennis Stadium mezbonlik qilayotgan bahslarning birinchi kuni doirasida ikki yakkalik uchrashuvi o'tkazildi. Dastlab ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin mezbonlarning birinchi raqamli tennischisi Koulman Vongga qarshi kortga chiqdi va 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, gonkonglik tennischi ATP reytingida 173, Fomin esa 483-o'rinni egallab turibdi. Keyin birinchi raketkamiz Humoyun Sultonov 1 soatu 52 daqiqa davom etgan uchrashuvda reytingi yo'q raqibi Fu Vongni qiyinchilik bilan engdi - 7/6(4), 6/3. Sultonov ATP reytingida 331-o'rindan joy olgan.
Ertaga juftlik hamda yakkalik bahslari o'tkaziladi:
CHun Xun Vong/Koulman Vong — Sergey Fomin/Humoyun Sultonov
Koulman Vong — Humoyun Sultonov
Fu Vong — Sergey Fomin.
Fikrlar