13 sen 12:16
Yangiliklar
Sport kurashlari

Sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati start olmoqda. Bugun ikki erkin kurashchimiz ishtirokimizni boshlaydi
Bugun Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.
Dunyo birinchiligini erkin kurash bahslari boshlab beradi. Bugungi ilk kun doirasida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili medallar uchun bahslarga kirishadi. Tajribali Hasanboy Rahimov (-125 kg) ilk davrada ukrainalik Murazi Mchedlidzega qarshi gilamga chiqadi.
-70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Begijon Qo'ldoshev hindistonlik Rohit bilan hisob-kitob qiladi. Jahon chempionatida 10 ta vazn bo'lsa, erkin kurashchilarimiz shu vaznlaring yarmida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar