13 sen 11:55
Yangiliklar

Botir Ahmedov Naoya Inoue qanday holatda Ahmadalievga yutqazishi mumkinligini aytdi
"Bu jangga obektiv yondashgan holda o'z fikrimni bildiraman. Inouening so'nggi ikki jangini ko'rdingizmi? U Luis Neridan nokdaun qabul qilib oldi. So'nggi jangida endi uni Diasning zalida mashg'ulot o'tkazayotgan yigit Ramon Kardenas yiqitdi. Agar shunday bokschilardan nokdaun qabul qilib olgan bo'lsa, Naoya Ahmadalievning zarbalariga dosh bera olarmikan? Men Murodjonning zarba kuchini bilaman va his qilganim uchun shunday deyapman. U bilan sparring-janglarda ishlaganmiz. Ishoning, agar Inoue Ahmadalievning aniq va kuchli zarbasini o'tkazib yuborsa, u o'rnidan tura olmaydi.
Umuman olganda, sizu bizni raqobatli jang kutmoqda. SHaxsan men Murodjonni jang favoriti deb hisoblayman. CHunki, bu vazn ayna Ahmadalievniki, Inoue esa bu erga engil vazndan ko'tarilgan. Bu holat ham Murodjonning foydasiga ishlashi mumkin bo'lgan jiddiy sabablardan biri", - dedi Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, Inoue va Ahmadaliev o'rtasidagi jang ertaga, 14 sentyabr kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi.
Fikrlar