Bosh sahifa
08 jan 17:27 Boks/MMA

Bahodir Jalolov The Ring talqini bo'yicha "Yil loyihasi" bo'lishga asosiy davogar

Xabar berganimizdek, dunyoga mashhur The Ring nashri bir nechta nominaciyalar bo'yicha 2022 yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so'rov o'tkazyapti.

Biz uchun ahamiyatlisi, Tokio Olimpiadasi chempioni, prof ringda mag'lubiyat va murosasiz odimlayotgan Bahodir Jalolov "Yil loyihasi" nominaciyasida to'rt nafar davogarlar safiga kiritildi. Ekspertlarning fikricha, ular orasida aynan Jalolovning g'oliblik yo'lidagi imkoniyatlari yuqori ekan. 

The Ring. Davgarlar to'rtligi 

Kishon Devis (7-0, 5 KO), AQSH, engil vazn (61,2 kg). 2022 yilda Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibi, 23 yoshli Devis prof ringda 3 ta g'alabaga erishdi. Dekabr oyida meksikalik tajribali Xuan Karlos Burgos (35-7, 21 KO)ni mag'lubiyatga uchratdi.

Ksander Zayas (15-0, 10 KO), Puerto-Riko, birinchi o'rta vazn (69,9 kg). 2022 yilda Top Rank promouterlik kompaniyasi o'z tarixidagi eng yosh bokschi, yani Zayas bilan shartnoma imzoladi. U ham yil davomida 3 ta jangda g'alaba qozondi.

Jared Anderson (13-0, 13 KO), AQSH, superog'ir vazn toifasi. 2022 yilda 23 yoshli Anderson ham 3 ta jangda zafar quchdi. Dekabr oyida tajribali nokautchi Jerri Forrest (26-6-2, 20 KO)ni taslim etdi.

Bahodir Jalolov (12-0, 12 KO), O'zbekiston, superog'ir vazn toifasi. 2022 yilda 28 yoshli Tokio Olimpiadasi chempioni 4 ta jang o'tkazib, barchasida muddatidan oldin g'alabaga erishdi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar