06 sen 14:29
Yangiliklar
Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimizning Jahon chempionatiga boradigan tarkibi tasdiqlandi
13-21 sentyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.
Yilning eng nufuzli musobaqasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari ham ishtirok etadi.
Xususan, murabbiylar shtabi tomonidan erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi. Ro'yxatda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaev ham bor. Og'ir vazn toifasidagi tajribali kurashchimiz Hasanboy Rahimov ham tarkibga kiritildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar