06 sen 15:32
Yangiliklar
Sport kurashlari

Jahon chempionatiga boradigan yunon-rum kurashchilarimiz tarkibi ham malum
Erkin kurashdan farqli ravishda klassiklarimiz jahon chempionatida 8 ta vazn toifasida gilamga chiqishadi.
Xabar berganimizdek, 13-21 sentyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi. Erkin kurashchilarimiz ushbu yilning nufuzli musobaqasida 10 ta vaznning teng yarmida yurtimiz sport sharafini himoya qiladilar.
Yunon-rum kurash terma jamoamiz murabbiylar shtabi esa Xorvatiyaga 8 nafar polvonni olib ketishni lozim topishdi. Tarkibdan so'nggi musobaqalarda ko'tarinki kayfiyatda qatnashayotgan, yaqinda yoshlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan Aytjan Xalmaxanov ham bor.
Havola :
Fikrlar