09 sen 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Sitora Turdibekova JCH chorak finaliga yo'l oldi
Britaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova ikkinchi jangini italiyalik Rebekka Nikoliga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jang yakuniga ko'ra, bokschimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi Sitora ertaga yarim final yo'llanmasi uchun qozog'istonlik Viktoriya Grafeevaga qarshi jang qiladi.
Bugun kun davomida shuningdek yana 7 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar