09 sen 22:48
Yangiliklar
Boks/MMA

G'alabali seriya davom etadi: Sabina Boboqulova ham JCH keyingi bosqichida
World Boxing tashkil etayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi ilk Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqa doirasida O'zbekiston ayollar terma jamoasining 48 kg vazn toifasidagi vakilasi Sabina Boboqulova bugun nimchorak final jangida ringga chiqdi.
22 yashar hamyurtimiz polshalik Angelika Kristoforskaga qarshi to'liq kechgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida zafar quchdi.
Sabina bu g'alaba orqali chorak final bosqichiga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar