09 sen 18:21
Yangiliklar
Futbol

La Ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi malum
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Ligada o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
43 yoshli ispaniyalik murabbiy so'rovnomada Ernesto Valverde ("Atletik") va Manolo Gonsales ("Espanol")ni ortda qoldirdi.
Alonso 2025 yilning 1 iyunida "Real" boshqaruviga kelgandi. Madridliklar avgust oyida La Ligada 3 o'yin o'tkazib, "Osasuna" (1:0), "Ovedo" (3:0) va "Malorka" (2:1) ustidan g'alaba qozongan.
"Real" 3 turdan so'ng Ispaniya chempionatida "Atletik" bilan peshqadamlikni bo'lishib turibdi.
Havola :
Manba : La Liga
Fikrlar