09 sen 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov qozog'istonlik boks yulduziga qarshi jang qilishga tayyor
O'zbekistonlik boks yulduzi Isroil Madrimov (10-2-1, 7 KO) qozog'istonlik chempion Janibek Alimxanuli (17-0, 12 KO) bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Agar men 160 funt vazn toifasiga chiqsam, barcha chempionlar bilan jang qilishni xohlayman. Janibekka nisbatan faqat hurmat bor, shaxsiy narsa yo'q. Bu sport. U bilan jang qilish men uchun sharaf bo'lardi. Qozog'iston — O'zbekistonga qo'shni davlat va ikki kuchli bokschi millat vakillari jangini ko'rish alo bo'lardi", — dedi Madrimov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar