So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

07 sen 11:02
Yangiliklar

Kurash

O'zDJTSUda milliy kurash kuni keng nishonlandi

Kecha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 6 sentyabr – Kurash milliy sport kuni munbosabati bilan universitet Ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Universitet kurash zalida o'tgan musobaqada dastlab bellashuvlarning tantanali ochilish  marosimi tashkil etildi. 

Marosimda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, olimpiya o'yinlari sovrindori, kurash va dzyudo bo'yicha jahon chempioni Abdulla Tangriev, O'zDJSTU birinchi prorektori SHerzod Mirzanov, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin CHorshamiev va boshqalar ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi.

– Bugun 6 sentyabr – kurash milliy sporti kuni joylarda tantanali nishonlanmoqda, - deydi Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin CHorshamiev. – Quvonch bilan takidlash joiz, milliy kurashimiz dunyo bo'ylab keng quloch yozmoqda. Bugun o'zbek kurashi dunyoning 140 ta mamlakatida o'z o'rinini topgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabridagi qaroriga ko'ra 6 sentyabr - kurash milliy sporti kuni deb belgilangan.

SHu bois, har yili ushbu sanani munosib tarzda o'tkazish uchun universitetimizda tadbir tashkil etilib, musobaqa o'tkazish ananaga aylangan. Xalqimizning ko'p ming yillik qadriyatlarini o'zida mujassam etgan kurashni yoshlar o'rtasida yanada targ'ib qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va barkamol voyaga etkazish, qolaversa, milliy sport turlarimiz bo'yicha munosib kadrlar tayyorlash ham asosiy maqsadlarimizdan sanaladi.

Murosasiz tarzda o'tgan musobaqada quydagi  polvonlar kuchli  uchlikdan  joy olishga muvaffaq  bo'lishdi. 

66 kg vazn toifasi

1. Fayoz Ergashev (O'zDJTSU) 

2. Islombek Karimov (O'zDJTSU) 

3. Firdavs Narzullaev (O'zDJTSU) 

3. Zayniddin Nizomiddinov (O'zMU)

73 kg vazn toifasi

1. Ibrat Jumaboev (O'zDJTSU) 

2. Elnur Normurodov (O'zDJTSU)

3. Davlatbek Yoqubov (O'zDJTSU)

3. Doniyor Baxtiyorov (O'zDJTSU)

81 kg vazn toifasi 

Humoyun Melimamatov (O'zDJTSU)

2. Samandar Abdug'afforov (O'zDJTSU)

3. Otabek Normurodov (O'zDJTSU)

3. Temur Kenjaev (O'zDJTSU)

+81 kg vazn toifasi

1. Abubakr Abdurazzoqov (O'zDJTSU) 

2. Muhammad Sadullaev (O'zMU)

3. Murod Nurmatov (O'zDJTSU)

3. SHohrux SHomurodov (O'zMU)  

Barcha vazn toifalarida medallarni qo'lga kiritgan talaba-sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing