09 sen 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Feruza Kazakova braziliyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, JCH chorak finaliga yo'l oldi
Liverpul shahrida boks bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Feruza Kazakova ikkinchi jangini Braziliya vakili Karoline De Almeidaga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Feruza 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi Kazakova yarim finalga chiqish uchun ertaga Mo'g'uliston yoki Meksika vakilasiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun musobaqa doirasida yana 8 nafar bokschimiz jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar