09 sen 15:01
Yangiliklar
Futbol

Infantino Eron AQSHdagi JCHda qatnashishiga kafolat berdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Eron AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida hech bir to'siqqa uchramasligini malum qildi.
FIFA rahbari Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Tojga AQSHga borishda muammo bo'lmasligini takidladi. So'ngra kiyinish xonasiga kirib, buni murabbiylar va futbolchilarga ham aytdi.
Infantino Eron – O'zbekiston o'yini haqida shunday dedi:
"Juda yaxshi o'ynadingiz. Har holda g'alaba va mag'lubiyat doim birga yuradi. Siz haqiqatan ham kuchlisiz va o'zingiz bilan faxrlanishingiz kerak".
Infantino so'zining oxirida yana bir muhim bayonot bilan chiqdi:
"Amerikadagi Jahon chempionatiga xush kelibsiz. FIFA prezidenti sifatida u erda ishtirok etishingizga kafolat beraman".
Havola :
Manba : varzesh3.com
Fikrlar