Bosh sahifa
26 apr 19:17 Tennis

Barkamol avlod-2022. Final bosqichidan o'rin olgan so'nggi musobaqa start oldi

Bugun Farg'ona viloyatida Barkamol avlod-2022 sport o'yinlarining respublika final bosqichidan o'rin olgan so'nggi musobaqa start oldi.

Marg'ilon shahrida o'tkazilayotgan musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan kelgan akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari ishtirok etmoqda. 2 kun davom etadigan turnirda stol tennisi bo'yicha eng kuchlilar aniqlab olinadi.

Bugun 100 nafardan ortiq yoshlarni birlashtirgan "Barkamol avlod-2022" bellashuvlarida o'g'il bolalar va qizlar bahslarga kirishishdi.

Ertaga o'z yakuniga etadigan turnirda g'olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar