So’nggi yangiliklar

18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0 13:08"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди 0

21 apr 18:01
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Barkamol avlod-2022”: Final bosqichidan o'rin olgan ikki musobaqa yakuniga etdi

Teglar :  Barkamol avlod
“Barkamol avlod-2022” sport o'yinlarining Respublika final bosqichidan o'rin olgan shaxmat va shashka sport turlari bo'yicha navbatdagi musobaqalar o'z yakuniga etdi.

Sirdaryo viloyati mezbonlik qilgan ushbu musobaqalarda respublikamizning 14 ta hududidan akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari respublika chempionligi uchun kurash olib borishdi.

O'tkir aql sohiblari o'rtasidagi murosasiz bellashuvlarda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi va final bahslari yakuniga ko'ra, shaxmat bo'yicha o'tkazilgan musobaqada umumjamoa hisobida Toshkent shahri vakillari 1-o'rinni o'zlariniki qilishdi. Jizzaxlik yoshlar 2-o'rin bilan taqdirlanishgan bo'lsa, faxrli 3-o'rin Buxoro viloyati sportchilariga nasib etdi.

SHashka bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda mezbon Sirdaryo viloyati vakillari eng kuchli ekanliklarini namoyish etishdi. Toshkent shahri terma jamoasiga 2-o'rin nasib etgan bo'lsa, samarqandlik yoshlar 3-o'rin bilan taqdirlanishdi.

Malumot uchun, “Barkamol avlod” sport o'yinlarining respublika final bosqichi doirasida eng so'nggi musobaqa stol tennisi bo'yicha o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing